Yangiliklar tasmasi

Salohni haqorat qilgan muxlisga jazo tayinlandi


Muharrir:

Salohni_haqorat_qilgan_muxlisga_jazo_tayinlandi
“Vest Xem” ishqibozi 2019 yil fevralida “Liverpul”ga (1:1) qarshi uy uchrashuvidagi xatti-harakati uchun jazolandi. Uchrashuv vaqtida mehmonlar forvardi Muhammad Saloh burchakdan to'pni o'yinga kiritayotgan vaqtida muxlislardan biri unga qarata irqiy kamsituvchi so'zlar bilan baqirgan. Ushbu holat videoyozuvga tushib qolib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketgandi. Keyinchalik “Vest Xem” voqea yuzasidan tergov ishlarini tashkil qildi va dalillarni policiyaga topshirdi. Misrlikni haqorat qilgan aybdor 48 yoshli Bredli Tamvud ekanligini aniqlandi va u o'z aybini to'liq tan oldi. Sud Bredlini uch yilga stadionlarga kirish huquqidan mahrum etdi va 400 funt jarimaga tortdi. SHuningdek, Tamvud jabrlanuvchi va sudga 125 funt tovon puli to'lashi ham kerak bo'ladi.
Izoh qoldirish

© 2020 Qizillar.uz - Muxlislar fan klubi!
Tashkil topgan sanasi: 03.09.2020