Yangiliklar tasmasi

"Liverpul"ning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi transferlari reytingi tuzildi


Muharrir:

Liverpulning_so‘nggi_10_yillikdagi_eng_yaxshi_transferlari_reytingi_tuzildi
Liverpool Echo gazetasi «Liverpul» klubining so‘nggi 10 yillikda Fenway Sports Group boshqaruvi davridagi eng yaxshi transferlari reytingini tuzdi. Manbaning yozishicha, ushbu davr ichidagi 20ta transfer oynasida mersisayd klubi 800 million yevro safrlab, 69 nafar futbolchini sotib olgan. Eng muvaffaqiyatli transferlar reytingini Filippe Koutino boshqarmoqda. U nashr tomonidan 10 ballik tizimda maksimal ballga loyiq ko‘rilgan. Koutino 2013 yilda «Inter»dan 8,5 million yevro evaziga «Liverpul»ga o‘tgan, 2018 yilda esa 120 million yevro evaziga «Barselona»ga transfer qilingandi. Shuningdek, Roberto Firmino («Hoffenhaym», 2015 yil, 29 mln), Sadio Mane («Sauthempton», 2016 yil, 30 mln), Muhammad Saloh («Roma», 2017 yil, 36,9 mln), Virjil van Deyk («Sauthempton», 2018 yil, 75 mln) va Alisson («Roma», 2018 yil, 65 mln) singari futbolchilar transferi ham 10 ballga baholangan.
Izoh qoldirish

© 2020 Qizillar.uz - Muxlislar fan klubi!
Tashkil topgan sanasi: 03.09.2020