Yangiliklar tasmasi

Klopp: "2:7 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘yinchilarga juda uzun xabar yozdim"


Muharrir:

Klopp_27_hisobidagi_mag‘lubiyatdan_so‘ng_o‘yinchilarga_juda_uzun_xabar_yozdim
«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 4-turidan o‘rin olgan «Aston Villa»ga (2:7) qarshi bahsdagi yirik mag‘lubiyatga qanday munosabatda bo‘lganini aytib berdi. «O‘sha o‘yindan keyingi kecha hayotimdagi eng yaxshisi emasdi, ammo ertalab yigitlar bilan gaplashishim kerakligini bilardim. Biroq ular yo‘q edi. Keyin ularga juda uzun xabar yozdim, unda nima bo‘lganligi haqidagi barcha fikrlarimni bayon qildim. Shundan so‘ng o‘zimni yaxshi his qildim, chunki ichimdagi gaplarni ushlab tura olmasdim. Ushbu muvaffaqiyatsizlikka qarshi kurashish uchun bizda ancha vaqt bor edi. Mag‘lubiyat biz xohlagan narsa emas. 2:7 hisobidagi mag‘lubiyat, albatta, dahshatli. Ammo bu foydali tajriba bo‘lishi ham mumkin. Buni «Everton»ga qarshi shanba kungi bahsda isbotlashimiz mumkin», – deya Kloppning so‘zlarini keltiradi VVS. Ma’lumot o‘rnida, «Everton» – «Liverpul» o‘yini 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi.
Izoh qoldirish

© 2020 Qizillar.uz - Muxlislar fan klubi!
Tashkil topgan sanasi: 03.09.2020