Yangiliklar tasmasi

Klopp: "Hendersonning golida ofsayd bo‘lmaganini aytishmoqda, lekin bu ko‘nglimni ko‘tarmaydi"


Muharrir:

Klopp_Hendersonning_golida_ofsayd_bo‘lmaganini_aytishmoqda_lekin_bu_ko‘nglimni_ko‘tarmaydi
«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 5-turidan o‘rin olgan «Everton»ga (2:2) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. «O‘yin yuqori darajada o‘tdi. Ikkala jamoa uchun ham yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ishonchga to‘la va aniq rejaga ega jamoaga qarshi bahsda ustunlik qildik. Bu «Liverpul»ga kelganimdan beri eng yaxshi safar o‘yini bo‘lsa kerak. Van Deykda jiddiy ofsayd yo‘q edi, Jordan Pikford uni o‘yindan chiqardi. Henderson gol urganda men ko‘rgan nuqtadan ofsayd yo‘q edi. VAR'ni qo‘llab-quvvatlayman, ammo ko‘pchilik menga o‘yindan tashqari holat bo‘lmaganini aytmoqda. Bu ko‘nglimni ko‘tarmaydi. Natijaga izoh berish qiyin. Tiagoga jiddiy qo‘pollik qilindi. To‘g‘risini aytganda, ishlar unchalik yaxshi ko‘rinmayapti», – deya Kloppning so‘zlarini keltiradi BBC.
Izoh qoldirish

© 2020 Qizillar.uz - Muxlislar fan klubi!
Tashkil topgan sanasi: 03.09.2020