Yangiliklar tasmasi

Yuregen Kloop transfer haqida: Liverpool ozini Chelsi kabi tutaolmaydi.


Muharrir:

Yuregen_Kloop_transfer_haqida_Liverpool_ozini_Chelsi_kabi_tutaolmaydi.
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp transfer bozoridagi holat haqida gapirdi. "Biz noaniqlik hukm surayotgan dunyoda yashayapmiz. Bazi jamoalar uchun kelajak noaniq bo'lishi ahamiyatsiz. Bu mamlakat va oligarxlarga tegishli klublar. Biz boshqa klubmiz. Biz bir kecha-kunduzda hamma narsani o'zgartirib "Endi biz o'zimizni "CHelsi" kabi tutamiz" deya olmaymiz. Ular ko'plab futbolchilarni xarid qilishadi. Bu ustunlik bo'lishi mumkin, ammo bu barchasi bir-biriga mos kelishi mumkin degani emas. Gap faqat sifatda emas. Siz eng yaxshi 11 futbolchini xarid qilishingiz va ulardan ajoyib futbol ko'rsatishga umid qilishingiz mumkin. Ammo, birgalikda ishlash haqida gap ketmoqda, ehtimol bu borada bizda afzallik bor, chunki bizda shakllangan jamoa bor", - deydi Klopp.
Izoh qoldirish

© 2020 Qizillar.uz - Muxlislar fan klubi!
Tashkil topgan sanasi: 03.09.2020