Yangiliklar tasmasi

Klopp Lids haqida: Ularga qarshi top tepish barcha uchun noqulay boladi


Muharrir:

Klopp_Lids_haqida_Ularga_qarshi_top_tepish_barcha_uchun_noqulay_boladi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 1-turi doirasida “Lids”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. “Belsa bilan ilk to'qnashuvni sabrsizlik bilan kutayapman. Uni TV orqali ko'p bor kuzatganman. U jamoasiga munosib mutaxassis. Uning o'yin uslub Premer ligaga judayam mos. “Lids”ga qarshi to'p tepish barcha jamoalarga noqulaylik tug'dirishi aniq. O'tgan yili “SHeffild Yunayted” bilan shunday holat bo'lgandi. “Lids” super jamoa. Ularda darhaqiqat yuqori tezlikka ega yaxshi futbolchilar bor. Ular maydonda 20-25 ta qopqon qo'yishadi. Agar ularning birortasiga tushib qolsangiz, sizda katta muammolar yuzaga keladi. Bu bahs shubhasiz qiziqarli kechadi. Biz ilk turdayoq bu jamoa bilan o'ynashni istamasdik. Ammo qura shunday ko'rinish oldi. Albatta, hayajon ham bor. Bizga oson bo'lmaydi”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports. Manba : Sky Sports
Izoh qoldirish
Fikrlar
d

 diyor (10)
Andijon viloyati (12.09)

Liverpulga omad

© 2020 Qizillar.uz - Muxlislar fan klubi!
Tashkil topgan sanasi: 03.09.2020