Yangiliklar tasmasi

Saloh ozining golini davosi yoq kasalikka chalingan Misrlik futbolchiga bagishladi


Muharrir:

Saloh_ozining_golini_davosi_yoq_kasalikka_chalingan_Misrlik_futbolchiga_bagishladi
Xabaringiz bor, bugun Muhammad Saloh "Lids"ga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi. "Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh o'z gollarini amyotrofik lateral skleroz yoki Lu Gerig kasalligiga uchragan misrlik hujumchi Momen Zakariya sharafiga bag'ishladi. Momen Zakariya chalingan ushbu kasallikning afsuski, davosi mavjud emas. Zakariya shu paytgacha Misrning "El-Xarbi", "Al Masri", "Zamalek" va Saudiya Arabistonining "Al Ahli" kabi klublarida o'ynagan. SHuningdek, Misr terma jamoasi uchun bir nechta o'yinlarda maydonga tushgan. Futbolchi oxirgi o'yinini 2018 yilda "Al Ahli" (Misr) jamoasida o'tkazgan.
Izoh qoldirish

© 2020 Qizillar.uz - Muxlislar fan klubi!
Tashkil topgan sanasi: 03.09.2020