Yangiliklar tasmasi

Prevyu. Manchester City - Liverpul


Muharrir:

Prevyu._Manchester_City_-_Liverpul
Joriy mavsum APL hali ham barchani ajablantirishda davom etadi. Mana, uzoq yo'lning deyarli 3/1 qismi ortda qolibdi hamki, turnir jadvalida hali muhlislar kutganichalik holat ko'zga tashlanmayapti - grand jamoalar hali ham o'z yo'llarini topa olmay ovora. Jumladan, bugungi bahs vakillari "shaharliklar" ham. Garchi, "Siti" markaziy bahsga 10-pog'onadagi holati bilan tashrif buyurayotgan bo'lsa-da, aynan mana shu uchrashuvning prinsipiallik jihatlari juda ko'p. Avvalo, ochkolar nisbatiga qaraydigan bo'lsak, ko'pchilik bu klublarning o'rtasidagi tafovutda yana 9 ta jamoa mavjud elanligiga ishonmasalar ham kerak. Lekin, agar Klopp shogirdlari bugungi uchrashuvda o'z ishonchli yurishlarini davom ettira olmasalar, o'rtadagi farq 2 ochkogacha qisqarshi mumkin va Manchester jamoasida plyus bitta zahira o'yini ham bor ekanligini unutmaslik kerak. "Siti" va "Liverpul" yaqin 2-3 yil ichidagi APL bosh sovrini uchun kurashuvchi azaliy raqiblar sanalishadi. Shu sababli ularning o'zaro o'yinlari ko'p jihatdan chempionlik masalasini hal qilib kelgan. Zero, bugungi onlayn jadval ham shuni tasdiqlab turibdi: mezbonlarning g'alabasi bizga poygadagi intrigani qaytarib bersa, mehmonlar qo'lga kiritilajak 3 ochkosi bilan chempionlik finishi sari dadil qadam tashlashi ko'zda tutilmoqda. Agar durang qayd etiladigan bo'lsa, tig'iz joylashuv sababli o'rtamiyona klublar keyinchalik bo'lajak chempionga jiddiy boshog'riq yaratib berishlari ham bor gap. Demak, 6 ochko uchun kechadigan jang diqqat markazimizda. "Manchester Siti" "Shaharliklar" markaziy o'yinga ancha ijobiy kayfiyatda etib kelmoqdalar. Ular Chempionlar Ligasi bahsida "Olimpiakos"ni yirik hisobda taslim etishgan. Buning ustiga, ular ayni paytda ketma-ket 9 ta bahsdan beri saqlanib kelinayotgan mag'lubiyatsiz seriyani ham qayd etishmoqda. Shuningdek, Gvardiola shogirdlari bemalol o'zlarining mustahkam himoya chiziqlari bilan maqtana oladilar: ketma-ket 3 ta o'yindan beri davom etib kelayotgan ajoyib "quruq" seriya. Takidlab o'tish ketakki, ushbu natija o'tgan mavsumning sentabr oyidan beri qayd etib kelinayotgan eng yahshisi hisoblanadi. Har qalay bu erda yaqin yillar ichida aynan orqa chiziq vakillariga sarflangan millionlar sarfini ham unutmaslik kerak. Lekin manchesterliklar hujum chizig'ida etarlicha muammolar ko'zga tashlanmoqda. Buni Aguerosiz o'ynayotgan jamoaning ohirgi 6 o'yinda atigi 9 ta gol urganidan ham bilib olish qiyin emas. Ushbu ko'rsatkich klubning Premer Liga doirasidagi 2008 yildan beri qayd etib kelinayotgan eng yomon natijasi hisoblanadi. Buning ustiga so'nggi 4 ta uchrashuvdagi gollar soni ham negadir "shaharliklar"da bittadan oshmayapti. Bu har qalay o'tgan mavsum eng ko'p gol urgan jamoa uchun yarashiqli hol emas. Lekin "Manchester Siti"da "Liverpul" va o'zi umuman amaldagi chempion jamoalarga qarshi o'zaro statistikalar shu paytgacha ijobiy darajada bo'lib kelgan. "Shaharliklar" ketma-ket ikkinchi mavsumida ham bosh titulni qo'lga kiritishi ko'zda tutilgan raqiblaridan 10 ta o'yinning 9 tasida ustun kela olganlar. Shuningdek, "Siti" mavsum davomida qanday formada bo'lishidan qati nazar har doim "Etihad"da yuqori kayfiyatda o'ynashga o'rganib qolgan. "Lester"ga qarshi bahsni hisobga olmaganda ular o'tgan yilning dekabridan beri o'z uylarida yutkazmay keladilar. Shuningdek, Gvardiolaning Klopp jamoasiga qarshi o'zaro statistikasi yomon emas: u ohirgi 4 bahsning 3 tasini g'alaba bilan yakunlagan. Ushbu faktorlarning o'zi ham uchrashuv oldidan biroz bo'lsa-da "Siti"ga ustunlikni yuklashi mumkin, albatta bazi istisno holatlar bilan birga. Tarkib borasida esa klub uchun hushhabarlar etarli. Jumladan, Fernandino va Benjamin Mendilar safga to'liq qaytishgan. Lekin Gvardiola baribir muhim o'yin oldidan ular bilan tavakkal qilmasa kerak. Katta ehtimol, bugun Mendi o'rniga "Olimpiakos"ga qarshi bahsda o'zini har tomonlama ko'rsatgan Kanseluga imkon berilsa kerak. Shuningdek, Jesus ham yana yorqin formasiga qaytgan. Butun mavsum davomida deyarli markaziy hujumchisiz o'ynashga majbur bo'layotgan Pep muammo echimini balki, aynan braziliyalik futbolchi orqali qidirib ko'rar. Tahminiy tarkib: Ederson; Uoker, Dias, Lyaport, Kanselu; De Byuyne, Rodri, Gyundogan; Mahrez "Liverpul" "Qizillar" ham ushbu bahsga optimal kayfiyatda etib kelishmoqda. Avvalo, turnir jadavlidagi peshqadamlik, shuningdek, halqaro maydonlardagi muvaffaqiyatli yurishlar va turfa rekordlar bularning barchasi endi Kloppni faqatgina oldinga undashi talab etiladi. To'g'ri, dastlabki turlardanoq "Everton"ning gigamonligiyu, "Aston Villa"dan uchralgan alamli mag'lubiyat muhlislarning mersisaydliklarga bo'lgan ishonchni biroz bo'lsa-da tushirgan bo'lishi mumkin. Biroq jamoa jiddiy yo'lda o'zini yo'qotib qo'ygani yo'q va tezda yana o'sha "eski "Liverpul"ga aylanib oldi. Biroq APL chempionligi uchun kurashda bularning barchasi unchalik ham muhim emas. Asosiysi, prinsipial raqibni o'zaro o'yinlarda yutib olish. Bu omil o'z navbatida kelasi turlardagi klubning ishonchini yanada mustahkamlaydi. Shundan kelib chiqib bugun maydonda Klopp tomonidan amalga oshirilgan aqlli va murakkab qarorlarga guvoh bo'lsak kerak. Har qalay u Pepga qarshi qanday o'ynash kerakligini juda yahshi anglab etgan. Shu narsa faktki, germaniyalik mutahassis o'z hamkasbini umumiy hisobda 8 marta engishga muvaffaq bo'lgan. Bu rekord natija hisoblanib, ispaniyalik murabbiy hali hech kimga bunchalik ko'p yutqazmagan. Lekin, shunga qaramay, "Liverpul"da bu mavsum biroz stabillik yo'qolganday nazarimizda. Jamoa o'tkazilgan 8 ta turda allaqachon 15 ta gol o'tkazib yubordi. Ushbu ko'rsatkich esa 64/65 yilgi mavsumdan beri qayd etib kelinayotgan eng yomon natija hisoblanadi. Darvoqe, "Liverpul" azaldan kuchli to'rtlik vakillariga qarshi uchrashuvlarda doim ham qiynalib kelgan. Buni klubning chempionlikni tantana qilgan mavsumida ham kuzatganmiz. APL grandlariga qarshi kechgan 12 ta bahsda 26 ta to'p o'tkazib yuborish Klopp uchun aslida ham juda yomon natija hisoblanadi. 38-turdan keyin jiddiy pand eb qolmasliklari uchun ham mersisaydliklarga "Siti"ni taslim etish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun murabbiylar shtabining o'yinda qanday shemadan foydalanishi barchaga qiziq. Lekin ko'rinishidan tarkibda jiddiy o'zgarishlar yo'qdek tuyulmoqda. Van Deyk, Fabino hamda Aleks-Oksle Chemberlenlar hali ham jarohatdan to'liq tiklanishmagan bo'lsalar, Tiagoning maydonga tusha olmasligini Kloppning o'zi shahsan tasdiqlagan. Qizig'i, Matip yana safga qaytdi. Markazda bugun so'nggi o'yinlarda o'zini ko'rsatib borayotgan Uilyams yoki tajribali Gomeslardan birinini ko'rishimiz ham mumkin. Old chiziqda esa deyarli o'zgarish ko'zga tashlanmaydi. Diegu Jotaning sof hujum zonasiga chiqqani holda "trio"ning biroz orqaroqda harakat qilishi ko'pchilik tomonidan tahmin qilinayotgan variant. Shunda Kloppning 4-2-3-1 shemasidan foydalinish ehtimoli mavjud. Tahminiy tarkib: Alisson; Aleksandr-Arnold, Matip, Gomes, Robertson; Henderson, Veynaldum; Salah, Firmino, Mane; Jota. Umuman olganda, qarama-qarshilikning barcha tomonlari bizga kutilmagan va qiziqarli futbol taqdim etishga vada bermoqda. Shubhasiz, bu mavsum o'yiniga ham aylanib ketishi mumkin.
Izoh qoldirish

© 2020 Qizillar.uz - Muxlislar fan klubi!
Tashkil topgan sanasi: 03.09.2020