Yangiliklar tasmasi

"Liverpul" himoyachisi qancha muddatga safdan chiqdi?


Muharrir:

Liverpul_himoyachisi_qancha_muddatga_safdan_chiqdi
Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL doirasida «Manchester Siti» (1:1) klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng, jamoa himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jarohat olganini aytib o'tdi. Trent «shaharliklar»ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi va o'yining 63-daqiqasida zahiraga olindi. «U terma jamoa ihtiyoriga bormaydi. Ertaga u tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan keyin nima bo'lganini ko'ramiz. Aniq ayta olamanki, u noyabr oyida o'ynamaydi», – dedi Klopp. Angliya terma jamoasi 12 noyabr kuni Irlandiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazsa, 15 va 18 noyabr kunlari Belgiya hamda Islandiya terma jamoalariga qarshi Millatlar Ligasida o'ynaydi.
Izoh qoldirish

© 2020 Qizillar.uz - Muxlislar fan klubi!
Tashkil topgan sanasi: 03.09.2020