Yangiliklar tasmasi

Xojayinlar osha payt kop yolgon gapirishgan: Fernando Torres Liverpul dan Chelsi ga otishi haqida


Muharrir:

Xojayinlar_osha_payt_kop_yolgon_gapirishgan_Fernando_Torres_Liverpul_dan_Chelsi_ga_otishi_haqida
Ispaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Fernando Torres 2011 yilda "Liverpul"dan "CHelsi"ga o'tganiga izoh berdi. "Men rostdan ham "Liverpul"da baxtli edim, agar eslasangiz, klub o'sha paytda meni sotishmoqchi bo'lgan va bu eng og'ir damlar edi. Ular eng yaxshi futbolchilarini sotish yuborishdi. Xaver Maskerano, Xabi Alonso, murabbiy Rafael Benitis ketdi va ular yosh futbolchilarga qiziqishni boshlashdi. Ulardan g'olib jamoa yaratish uchun besh, olti yoki etti yil talab etilar edi. Afsuski, o'sha paytdagi "Liverpul" xo'jayinlari ko'p aldashgan va men oxir-oqibat o'z yo'limni topishim kerak edi. Bu "CHelsi" bo'ldi, ushbu klub kelajakda men uchun sovrinlar olib keladi deb o'ylardim", - deydi Torres. 35 yoshli Torres "Atletiko", "Liverpul", "CHelsi", "Milan", yana "Atletiko" va "Sagan Tosu" klublarida o'ynagan. Manba : talkSPORT
Izoh qoldirish

© 2020 Qizillar.uz - Muxlislar fan klubi!
Tashkil topgan sanasi: 03.09.2020