Yangiliklar tasmasi

Gvardiola - «Liverpul»ga qarshi o'yin haqida: «Liverpul» – asosiy favorit»


Muharrir:

Gvardiola_-_Liverpulga_qarshi_o'yin_haqida_Liverpul_–_asosiy_favorit
Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 8-tur doirasida «Liverpul»ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. «Liverpul» – asosiy favorit. Pandemiyani hisobga olgan holda aytish mumkinki, joriy mavsum avvalgisidan farq qilada. APLda yuqori saviyali jamoalar ko'p. Mavsumning so'nggi 5 yoki 10 o'yinida chempionlik poygasida qolish juda muhim. Umid qilamanki, ushbu poygada biz bo'lamiz. Chempionatda g'olib chiqish muhim. Buning uchun nechta ochko jamg'arish ahamiyatsiz. Gohida ko'p ochko jamg'arilad, gohida – kam. APLdagi birinchi mavsumimda biz 100 ochko jamg'argandik. Ehtimol, bu biz uchun kerakmas bo'lgandir, lekin biz buni qilgandik. Biz qila oladigan narsa – o'zimizga va g'alaba qozonishimiz uchun kerak bo'lgan yahshilanishlarga etibor qaratish», – dedi Gvardiola.
Izoh qoldirish

© 2020 Qizillar.uz - Muxlislar fan klubi!
Tashkil topgan sanasi: 03.09.2020