Yangiliklar tasmasi

Gvardiola APL g'olibligi uchun asosiy davogar qaysi klub ekanini aytdi


Muharrir:

Gvardiola_APL_g'olibligi_uchun_asosiy_davogar_qaysi_klub_ekanini_aytdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Hosep Gvardiola Angliya premer-ligasining joriy mavsumida qaysi klub g'oliblikka davogar ekanini aytdi. Hozirgi paytda «Siti» peshqadam «Liverpul»dan 5 ochko ortda qolgan holda APL jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi. «Ushbu mavsumda «Liverpul» asosiy favorit hisoblanadi. Pandemiyani inobatga olganda, ushbu mavsum avvalgilaridan farq qiladi. APLda top-darajadagi klublar ko'p. Biz so'nggi 5 yoki 10ta turgacha chempionlik poygasida imkoniyatni saqlab turishimiz kerak. Umid qilaman, shunday bo'ladi. «Siti» uchun APLda g'olib chiqish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun qancha ochko kerakligining ahamiyati yo'q. Ilk marta chempionlikni qo'lga kiritganimizda 100 ochko to'plagan edik. Ehtimol, bunga hojat bo'lmagandir, ammo biz buni amalga oshirdik. O'z o'yinimizga ahamiyat qaratishimiz va g'alaba qozonish uchun o'yinimizni rivojlantirishimiz kerak», — dedi Gvardiola.
Izoh qoldirish

© 2020 Qizillar.uz - Muxlislar fan klubi!
Tashkil topgan sanasi: 03.09.2020